Postlar

Usmonli turklar josuslari

Rasm
  Usmonli sultonining josuslari “Usmonlilar [musulmon] dinini qabul qilgan yevropaliklardan (yunonlar, vengerlar, bolgarlar, slavyanlar v.b) aygʻoqchilar sifatida keng foydalanganlar. Ular asosan Yevropaga yuborilgan va hukmdorlar siyosatini Usmoniylarga yetkazib turgan. Yevropaga qaytgan odamlar biz majburlikdan Islomni qabul qildik ammo nasroniylikka qaytishni xohlaymiz degan bahona bilan Yevropaning yurak yuraklariga kirib borib, aslida barcha ma‘lumotlarni Istanbul bilan baham ko‘rishgan.  1559-yilda Filipp II ga taqdim etilgan hisobotda shubha bilan qarala boshlandi Neapol qirolligi portlariga kelgan yunon dengizchilarni tekshirishni taklif qildilar, bu yo'l bilan ularning Usmonli josuslari ekanligini aniqlash mumkin edi; Ayg'oqchilar islomni qabul qilgan, lekin ular ilgari tark etgan "haqiqiy din"ga qaytishni xohlayotganliklarini da'vo qilganlar, bu kabi tushuntirishlar ularga hokimiyatni aldashga imkon berdi va ayg'oqchilar dushman tuprog'ida o'...

Afg'oniston

Rasm
  Shoh va Arus to‘g‘oni — Afg‘onistonning eng muhim infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lib, u Kobul viloyatining Shakardara tumanida qurilgan. Balandligi 75 metr, kengligi esa 60 metr bo‘lgan ushbu to‘g‘on asosan qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish, suv toshqinlarining oldini olish va aholiga ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida rejalashtirilgan.

Beruniy Zardushtiylikning Buddizm ustidan g'alabasi

Rasm
  Abu Rayhon Beruniy – Zardushtiylikning Buddizm ustidan g‘alabasi haqida “Hindistonliklar va boshqa xalqlar o‘rtasidagi mavjud uzoqlik va begonalikni yanada oshirgan yana bir omil – bu shunday bir diniy jamoaning mavjudligidirki, ular ash-shamaniya nomi bilan mashhur. Bu jamoa brahmanlarga nisbatan kuchli nafrat saqlasa-da, hindlarga boshqa har qanday xalqlarga qaraganda yaqinroq turadi. Qadim zamonlarda Xuroson, Fars, Iroq va Mosul hududlarida, Suriya chegaralarigacha bo‘lgan yerlarda buddaviylik keng tarqalgan edi. Biroq bu holat Zardushtning Ozarbayjondan chiqib, Balkhda o‘z ta’limotini targ‘ib qila boshlashigacha davom etdi. Uning diniy ta’limoti G‘ushthasp (Vishtasp)ga ma’qul tushdi. G‘ushthaspning o‘g‘li Isfandiyor esa ushbu ta’limotni sharq va g‘arb mamlakatlarida kuch ishlatish hamda tinch yo‘l bilan tarqatishga kirishdi. U Xitoydan tortib Rim chegaralarigacha bo‘lgan hududlarda otashkadalarga asos soldi. Keyingi shohlar ushbu dinni Eron va Iroqda yagona hukmron e’tiqod si...

Tatarlar nega xristiyan diniga o‘tdi

Rasm
 Ilminskiy tizimi va tatarlarning xristianlashtirilishi siyosati XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi musulmon xalqlar, ayniqsa tatarlar orasida ruslashtirish va xristianlashtirish siyosatini kuchaytirdi. Bu siyosatning asosiy ideologi va rahnamosi Nikolay Ivanovich Ilminskiy edi. Il1minskiy Kazan Ruhoniy Akademiyasida tahsil olgan va keyinchalik o‘zining mashhur “Ilminskiy tizimi”ni ishlab chiqdi. U musulmon xalqlarini kuch bilan emas, balki til, ta’lim va madaniyat orqali xristianlashtirish g‘oyasini ilgari surgan. Bu tizimda avval mahalliy xalqlarga o‘z tillarida savod o‘rgatilgan, so‘ng rus tili va pravoslav dini singdirilgan. Shu maqsadda Ilminskiy tatar, boshqird, chuvash, mordva kabi xalqlar uchun diniy kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari va Injil tarjimalarini tayyorlagan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, 1865–1900 yillar orasida taxminan 100 000 tatar rasmiy ravishda xristianlashtirilgan. Bu, Ilminskiy tizimining Rossiya imperiyasi siyosatidagi amaliy samarasini k...
Rasm
 🦾SANOAT INQILOBI NEGA AYNAN BRITANIYADA YUZ BERADI?